Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina va Belarus chegarasidagi temir yo‘l ko‘prigi portladi. Bu haqda “Belaruski Gayun” xabar berdi. 

 
Foto: Telegram
 

Hodisa 29-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 atrofida “Slovechno” bekatidan 800 metr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin atrofda chaqmoq urishi TM-62 tankka qarshi minalarning portlashiga sabab bo‘lgan. Belarus Telegram kanallari portlash ko‘prik tayanchiga zarar yetkazgani va ikki yo‘nalishdagi temir yo‘l ko‘tarmasini vayron qilganini yozmoqda.

“Ukrainskaya pravda”ning harbiy doiralardagi manbalariga ko‘ra, ob-havo sharoiti tufayli chaqmoq urishi oqibatida Ukraina—Belarus chegarasining ma’lum bir qismini qoplagan minalar ishga tushgan. Hodisa oqibatida qurbonlar qayd etilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »