Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

 
 
 
O‘zbekistonda Interpolning milliy markaziy byurosi

Qayd etilishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonning TIV, AQSHning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSH Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikadagi xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari hamkorligida amalga oshirilgan.

“Masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistonda Interpolning milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirildi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilinganiga uning izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgani sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi boshqa qitʼada yashirinib yana jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQSHga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

“Biroq barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli gumondor qo‘lga olindi, tezkorlik bilan maʼlumot almashish natijasida firibgarni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Ekstraditsiya holatlari

2023-yilning mart o‘rtalarida Latviyada o‘zini elchixona xodimi sifatida tanishtirib, odamlarni chuv tushirib yurgan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mart oxirlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.

Aprel boshida Moskva shahrida 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Oy o‘rtalarida bo‘lsa, Qirg‘izistonda terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, ikki o‘zbekistonlik hibsga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »