Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentligiga nomzod va sobiq davlat rahbari Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni muttahamlik deb atadi. Bu haqda u o‘zining YouTube kanalida radioboshlovchi Glenn Bek bilan suhbatda gapirdi.

 
 
Foto: EPA

Boshlovchi Trampdan agar qamalsa, u yerdan saylov kampaniyasini olib bora oladimi yoki yo‘qligini so‘radi.

“Bu qachondir sodir bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Har bir ochilgan ish —  muttahamlik”, — deb javob berdi sobiq prezident.

AQSHda 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi bo‘lgan Trampga nisbatan hozirgacha to‘rtta ayblov qo‘yilgan. Avgust oyi boshida u barcha ayblovlar bo‘yicha 561 yillik qamoq jazosi kutayotganini ma’lum qildi.

Tramp, jumladan:

  1. Biznes hujjatlarni qalbakilashtirishda;
  2. Floridadagi qarorgohida maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlashda;
  3. 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin til biriktirish, natijada 2021-yil yanvar oyida Kapitoliyga bostirib kirishga undashda;
  4. Jorjiyadagi saylov natijalarini o‘zgartirishga urinishda ayblanmoqda.

25-avgust kuni Tramp Fulton okrugi qamoqxonasiga (Jorjiya) keldi va u yerda 20 daqiqaga yaqin vaqtni rasman hibsda o‘tkazdi. Politsiya uning bo‘yi va vaznini o‘lchadi, barmoq izlarini va magshot (qamoq surati) oldi, shundan so‘ng u 200 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »