Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Spot Sinxua agentligiga tayanib.

 
 
 
Foto: Xinhua

Ma’lum qilinishicha, 29-avgust kuni China Railway Beijing Group kompaniyasining yuk poyezdi Xubey provinsiyasi Chjanjiaku shahridan Toshkentga jo‘nab ketdi. 14 ta konteyner platformasidan iborat tarkibda avtomobil ehtiyot qismlari, maishiy texnika va to‘qimachilik mahsulotlari olib kelinmoqda.

Poyezd yo‘nalishi Qozog‘iston bilan chegaradagi Xorgos quruq porti orqali o‘tib, taxminan 15 kun ichida Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

 
 
 
 
Foto: Sinxua

Xabarda qayd etilishicha, yangi yo‘nalish mintaqada yuk tashishni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi. Chjanjiaku shahridagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llari tutashuvi negizida yangi multimodal logistika markazi yaratish rejalashtirilmoqda.

2023-yilning iyunida Zhejiang Union of Railway Logistics kompaniyasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va “Qirg‘iz temiryo‘li” milliy kompaniyasi davlat korxonasi  hamkorligida Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgandi.

O‘sha oyda Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Yuk konteynerlari Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temiryo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »