Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tayvanga harbiy texnika yuborishni ma’qulladi. Bu Vashington hisobidan berilayotgan birinchi Amerika quroli hisoblanadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AP Photo

29-avgust kuni AQSH Kongressiga bildirishnoma yuborildi, unga ko‘ra Bayden ma’muriyati Tayvanga birinchi marta AQSH harbiy texnikasini berish uchun mablag‘ ajratilishi ma’qullangan.

AQSH davlat departamentining xorijiy harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida 80 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

“Tayvan munosabatlari to‘g‘risidagi qonunga va bizning uzoq vaqtdan beri o‘zgarmagan yagona Xitoy siyosatiga muvofiq, AQSH Tayvanga o‘zini o‘zi mudofaa qobiliyatini yetarli darajada ushlab turishi uchun zarur bo‘lgan mudofaa tovarlari va xizmatlarini taqdim etmoqda”, — dedi davlat departamenti rasmiylari.

Qayd etilishicha, avvalroq AQSH Tayvanga harbiy texnika sotgan bo‘lsa, bu safar u Vashington tomonidan moliyalashtiriladi. Bu Xitoyning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

“Harbiy texnika Tayvanga yetib borishi uchun oylar yoki yillar kerak bo‘lishi mumkin, chunki texnika Pentagonning kelajakdagi xaridlari ro‘yxatiga kiritilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »