Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv don kelishuvini tiklash uchun oxirgi imkoniyat. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba xabar berdi.

Foto: Reuters

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, ikki siyosatchining uchrashuvi Ukraina donini Afrika va Osiyo mamlakatlariga yetkazib berishga mo‘ljallangan Qora dengiz don tashabbusini tiklashda deyarli oxirgi imkoniyat bo‘ladi. Diplomat sentabr don tashabbusi va tinchlik formulasi uchun juda muhim oy bo‘lishini ta’kidladi.

“Bilamizki, prezident Erdo‘g‘on va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Aslida, bu Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusiga qaytishini aniqlash uchun deyarli oxirgi imkoniyat”, — dedi Kuleba.

Shu bilan birga, vazir kemalar Ukraina portlaridan chiqib, darhol Ruminiya hududiy suvlariga kiradigan muqobil dengiz yo‘li rivojlanayotganini aytdi. Ushbu yo‘lakdan allaqachon ikkita kema o‘tgan.

“Shuning uchun, kemalar Ukraina hududiy suvlarida bo‘lganida, ushbu don yo‘lagi xavfsizligini ta’minlashga qanday yordam berish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring”, — dedi Kuleba Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida.

Shu munosabat bilan u Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »