Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53
Foto: Bollywoodtime

Kapurlar — Bollivuddagi eng ko‘p aktyorlardan iborat oila hisoblanadi va 1999-yil Ginnesning rekordlariga kiritilgan. Ushbu oiladan ilk bor Pritxviraj Kapur 1929-yilda aktyor sifatida o‘z faoliyatini boshlagan, keyinchalik o‘g‘illari Raj, Shammi, Shashilar ota kasbni davom ettirgan. Kapurlarning taniqli qarindoshlari orasida Amitabx Bachchan, rejissorlar Ramesh Sippi va Manmoxan Desai ham bor. Ranbir Kapur va Karina Kapur bo‘lsa, Pritxviraj Kapurning nevaralari hisoblanadi.

Shohrux Xon

Foto: Instagram

Bollivud qiroli Shohrux Xon eng badavlat hind aktyori hisoblanadi. U 2013-yilda 220,5 kror daromad bilan Ginnes rekordlaridan o‘rin olgan.

Katrina Kaif

Foto: Instagram

Yosh bo‘lishiga qaramay Katrina Kaif Shohrux Xon bilan bir yilda Ginnes rekordlariga eng badavlat aktrisa sifatida kiritilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u bir yilda 63,75 kror daromad topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ashok Kumar

Foto: Bollywoodtime 

Ashok Bollivud tarixida eng uzoq karyera qilgan aktyor sifatida rekord o‘rnatgan. Ta’kidlanishicha, u 1936-yilda “Jeevan Naiya” filmidagi debyutidan keyin 63 yil davomida tinimsiz suratga tushgan.

Abxishek Bachchan

Foto: Bollywoodtime 

Amitabx Bachchanning o‘g‘li Abxishek Ginnesning rekordlar kitobiga 2009-yilda kiritilgan. Uning rekord qo‘yishiga “Deli-6” filmi targ‘iboti uchun 12 soat ichida 7 ta shaharga borib, chiqish qilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »