Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga kirish sinovlarida ayrim talabgorlarga 0 ball qo‘yilgani ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Sudyalar oliy kengashi mazkur holatga munosabat bildirdi.

 
 
Foto: Sudyalar oliy kengashi

Qayd etilishicha, Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga kirish sinovlarini topshirayotganlar, ko‘pgina xabarlarda urg‘u berilayotgani kabi sudyalikka nomzodlar emas, balki talabgor hisoblanadi.

Talabgorning sudyalikka nomzod bo‘lishi uchun kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursi tinglovchisi bo‘lishi va kursni muvaffaqiyatli bitirishi shart (tahsil davomiyligi 1 yil).

“Shu bosqichlardan o‘tgan mutaxassisgina sudyalikka nomzod bo‘lishi mumkin. Biroq shundayam sudyalik lavozimi kafolatlanmaydi. Oldinda yana bir dovon borki, endi nomzod Sudyalar oliy kengashi tomonidan o‘tkaziladigan bo‘sh sudyalik lavozimlari uchun ochiq tanlovda ishtirok etishi kerak. Ochiq tanlov muqobillik asosida o‘tkazilib, munosiblargina sudyalik lavozimiga tayinlanayotgani jamoatchilikka maʼlum”, — deyiladi munosabatda.

Kirish sinovlarining insho bosqichida 50 tadan ortiq mavzular ichidan 3 tasi talabgorlar tomonidan yopiq konvertlar orasidan tavakkalchilik asosida tanlab olinishi haqida ilgari ham ma’lumot berilgandi. Shuningdek, tanlab olingan mavzular bo‘yicha yozilgan insho daftarlarining muqovasi olinib, birinchi varag‘iga maxsus shifr qo‘yilgan holda (shu tariqa talabgorlar shaxssizlantiriladi, bundan maqsad xolislikni ta’minlash, turli shubha va korrupsion holatlarning oldini olishdir) maxsus baholovchi komissiyaga topshirilishi, insho yozilgan daftar varaqlariga (muqovasiga emas) talabgor o‘z ismi-sharifini yozishi yoki biror bir ko‘zga yaqqol tashlanadigan belgi qo‘yishi mumkin emasligi ham aytilib, aks holda 0 ball qo‘yilishi haqida ogohlantirilgan.

Kirish sinovlarining ayni shu bosqichida 8 nafar talabgorga (ularning bir nafari insho daftarini topshirmay, o‘zi bilan olib ketgan), joriy tartiblarga rioya qilmagani uchun 0 ball qo‘yilgan.

“Mazkur ball ularning bilim-salohiyatini aks ettirmaydi, balki tartib-qoidalarga rioya etilmaganining achchiq hosilasi, xolos”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »