Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda va bunday muhokama “faol ravishda oldinga siljimoqda”. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Kirbining aytishicha, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu yaqinda Shimoliy Koreyaga borganida “Pxenyanni Rossiyaga artilleriya o‘q-dorilarini sotishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan”. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi va’dalardan iborat maktub almashgan, Rossiya rasmiylarining yana bir guruhi KXDRga yo‘l olgan, dedi Kirbi.

Oq uy fikricha, delegatsiyaning maqsadi Moskva va Pxenyan o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berish sohasidagi potensial kelishuvlarni muhokama qilishga ko‘maklashishdir. Muzokaralar natijasida Rossiya “Ukrainada ishlatmoqchi bo‘lgan bir necha turdagi o‘q-dorilarning sezilarli miqdorini olishi kerak”, deya ogohlantirdi Kirbi. Bundan tashqari, Moskva Pxenyan bilan qurol ishlab chiqarish uchun xomashyo xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishi mumkin.

Rossiya Xitoy bilan ham qurol-yarog‘ bitimlarini tuzishga uringan bo‘lishi mumkin

2023-yil boshida AQSH bir necha bor Moskva va Pekin o‘rtasida Ukrainada qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qurollarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarga e’tibor qaratdi.

Xitoy urushdagi betarafligiga ishora qilib, bunday ta’minot haqidagi xabarlarni rad etdi. Ammo OAV Rossiya hamon vositachilar orqali Xitoy firmalaridan qurol va o‘q-dorilar sotib olayotganini ko‘rsatadigan holatlarni aniqladi. Rasmiy Pekin bu xabarlarga hech qanday munosabat bildirmadi. 

Bundan tashqari, avgust oyida Britaniya razvedkasi Ukrainaga harbiy hujum boshlanganidan buyon Rossiya Xitoydan o‘n minglab yuklar, jumladan, dronlar, vertolyotlar va xomashyo olganiga e’tibor qaratdi. Ba’zi yuklarni qabul qiluvchilar Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalari ostidagi Rossiya kompaniyalari bo‘lib chiqdi. 

Moskva qurol evaziga Shimoliy Koreyaga BMTda qo‘llab-quvvatlov taklif etishi mumkin 

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zosi sifatida uning rezolyutsiyalariga veto qo‘yish huquqiga ega va bundan Shimoliy Koreyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalarni bloklash uchun bir necha bor foydalangan. Bu so‘nggi yilda tez-tez kuzatildi, natijada Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyni Pxenyanning militaristik harakatlarini yashirishda bevosita aybladi. 

The New York Times gazetasining yozishicha, Moskva KXDR bilan aloqalarni faol ravishda mustahkamlamoqda. Shu tariqa, 2022-yilda Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Shimoliy Koreyadan qisqa masofali raketalar va artilleriya snaryadlarini sotib olishni boshlagan. Shu bilan birga, Rossiya urushda texnika va o‘q-dorilarni yo‘qotgani hamda G‘arb sanksiyalari tufayli KXDR kabi davlatlardan yordam so‘rashga tobora ko‘proq majbur bo‘lyapti, deb ta’kidlagan AQSH Moliya vazirligi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »