Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini tayyorlash bo‘yicha Yevropa missiyasini kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Vazirlar yangi maqsad — 40 ming ukrainalik askarni tayyorlash bo‘yicha tashabbusni ma’qulladilar, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel.

U bu haqda Ispaniyaning Toledo shahrida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy maqsad — Ukraina Qurolli kuchlarining 30 ming askarini tayyorlash — oktabr oyi oxirida amalga oshiriladi. Ukraina Qurolli kuchlari uchun instruktorlar missiyasini yaratish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan 2022-yil noyabrida qabul qilingan. Dastlab Germaniya, Polsha va boshqa qator Yevropa davlatlarida 15 nafargacha ukrainalik askarni tayyorlash rejalashtirilgan edi. Keyinchalik bu raqamlar 30 ming askargacha ko‘tarildi.

Yevropa Ittifoqi bu jarayon Ukraina qo‘shinlariga Rossiya agressiyasidan o‘zini samaraliroq himoya qilish imkonini beradi, deb kutmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »