Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan xalqaro aeroportining yangilangan uchib kelish terminali foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Terminalning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan umumiy maydoni rekonstruksiyadan keyin 2,5 baravarga ko‘paydi. Avval bu yerda soatiga 100 kishiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich uch baravarga oshib, soatiga 300 nafar yo‘lovchiga yetdi.

Foto: Jahongir Akramov

Shuningdek, terminalda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning muayyan qismini qoplovchi quyosh panellari o‘rnatildi.

Foto: Jahongir Akramov

Kutib oluvchilarning mashinalari va yo‘nalishli transport uchun 100 o‘rinli avtoturargoh tashkil etildi.

Foto: Jahongir Akramov

Mazkur maqsadlar uchun 17 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Kelgusida aeroportning uchib ketish terminalini ham rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov

Foto: Jahongir Akramov

“Yonimizdagi O‘sh aeroportini tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘zi kichkina bo‘lsa ham, yo‘lovchilarni qabul qilib olish va kuzatish borasida katta imkoniyatlarga ega. Buni Namangan misolida ham qo‘llashimiz zarur, chunki viloyat vodiyning havo darvozasi hisoblanadi”, — dedi ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov.

Foto: Jahongir Akramov

 

Marosimdan so‘ng yangilangan terminalda Yekateringburgdan parvoz qilgan xalqaro va Toshkentdan uchib kelgan mahalliy reys yo‘lovchilari tantanali kutib olindi.

Foto: Jahongir Akramov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »