Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Italiyaning Rim shahrida tarix fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada ikkita oltin va bitta kumush medal olgan o‘zbekistonlik o‘quvchiga “Faxriy yorliq” ham berilmagani aytildi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Foto: Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

 

Unga ko‘ra,  Chilonzor tumanidagi 103-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 11-“V” sinf o‘quvchisi Humoyun Baxtiyorov Rim shahrida tarix fanidan o‘tgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tezkorlik bilan axborot va xabarlar e’lon qilingan. 

Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida iqtidorli o‘quvchi H.Baxtiyorov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman bo‘limi mas’ullari, maktab ma’muriyati, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olingan.

Xalqaro olimpiada ayni yozgi ta’til chog‘iga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan o‘quvchini tantanali taqdirlash maktab ma’muriyati tomonidan 4-sentabr kuni bo‘ladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri doirasida o‘z maktabdoshlari guvohligida uyushtirilishi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »