Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Belgorod viloyati Valuyskiy shahar okrugining Urazovo posyolkasini o‘qqa tutdi, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.

Foto: Telegram

Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, snaryadlardan biri xususiy turar joy binosiga kelib tushgan, oqibatda erkak jiddiy jarohatlar olib, hayotdan ko‘z yumgan.

Yana ikki mahalliy aholi jarohatlangan: bir erkak ko‘kragidan, ayol esa yelkasi, yuzi, bo‘yni va orqasidan snaryad parchalari bilan yaralangan. Ular kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar ularning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.

Avvalroq Gladkov Ukraina Qurolli kuchlari 2-sentabr kuni Dolgoye Valuyskiy qishlog‘iga uchuvchisiz uchoqlardan tashlangan portlovchi moslamalar bilan ikki marta hujum qilgani haqida xabar bergandi. Odamlarga ziyon yetmagan, xususiy uyning oynalari singan va fasad teshilgan, avtomobil va infratuzilma aloqa inshooti shikastlangan.

Yana bir dron Havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Grayvoron shahar okrugida urib tushirildi, dedi Gladkov. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda jabrlanganlar yo‘q. Golovchino qishlog‘idagi xususiy uylardan birining oynalari singan.

Rossiya Mudofaa vazirligi “Kiyev rejimining samolyot tipidagi uchuvchisiz uchoq bilan terakt uyushtirishga urinishi” qaytarilgani haqida xabar bergan. Dron Belgorod viloyati osmonida urib tushirildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »