Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniya hukumati Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasining ofshor kompaniyalari orqali Londonda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chmas mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi, deb yozadi The Times gazetasi. Ko‘rib chiqilayotgan aktivlarning umumiy qiymati 40,3 mln funt sterlingga (taxminan 50 mln dollar) baholanmoqda.

Darig‘a Nazarboyeva otasi Nursulton Nazarboyev va qirolicha Yelizaveta II bilan Bukingem saroyida. 2015-yil noyabr.

Foto: Getty Images

Xususan, maqolada Qozog‘iston sobiq prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyevaning Chelsidagi 31 million funt sterlinglik ikkita kvartirasi va London shimolidagi Xaygeyt shahrida 9,3 million funt sterlinglik uyi borligi ko‘rsatilgan. Mulk Panamada joylashgan Tropicana Assets Foundation va Villa Magna Foundation ofshor kompaniyalarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Nazarboyevning kuyovi Timur Qulibayev 2007-yilda shahzoda Endryudan mulkni ofshor kompaniyasi orqali 15 million funt sterlingga sotib olgan. Qulibayev, shuningdek, Hayd-park yaqinidagi 1,5 million funt sterling qiymatli ko‘chmas mulkka ham ega.

Nursulton Nazarboyev va Darig‘a Nazarboyeva The Times gazetasining izoh so‘roviga javob bermadi. Timur Quliboyev manfaatlarini himoya qiluvchi Schillings kompaniyasi, u “o‘z boyligini 35 yil davomida qonuniy va shaffof tarzda to‘plagan muvaffaqiyatli mustaqil tadbirkor” ekanini aytdi (Qozog‘istonda noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni qaytarish to‘g‘risidagi qonun bor).

Ofshor kompaniyalar orqali Qozog‘iston sobiq rahbarining oilasiga tegishli bo‘lgan Londondagi ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar Britaniya hukumati tomonidan yuritiladigan xorijiy kompaniyalarning benefitsiar egalari davlat reyestri tufayli ommaga oshkor bo‘ldi.

The Times o‘z maqolasini ushbu reyestrdagi ilgari oshkor etilmagan ma’lumotlarga asoslanib tayyorlagan. Nashr shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev oilasining ko‘chmas mulki va avvalroq Forbes talqini bo‘yicha afrikalik milliarderlar reytingiga kiritilgan Angola sobiq prezidentining qizi Izabel dush Santushning mol-mulki haqida ham eslatib o‘tdi.

Pul yuvishga qarshi kurash vositasi sifatida reyestrni yaratish g‘oyasi 2016-yilda Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Devid Kemeron tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Biroq tegishli qonun loyihasi 2022-yil bahoriga kelibgina Rossiya—Ukraina mojarosining keskinlashuvi va urush fonida qabul qilingan.

Bugungi kunga kelib, The Daily Mail nashrining yozishicha, reyestrda 29 mingga yaqin xorijiy kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq 5 000 dan ortig‘i o‘zlarining yakuniy egasini oshkor qilmaydi. The Times o‘z nashrida qonundagi xuddi shunday bo‘shliqni ham eslatib o‘tdi.

Shundan kelib chiqilsa, Nazarboyevlar oilasining yuqoridagi mulklari ro‘yxati to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Avvalroq OAVda Qozog‘iston sobiq rahbarining qarindoshlariga tegishli Londondagi boshqa obyektlar haqida ham maʼlumotlar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »