Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning Tel-Aviv shahri janubiy tumanlarida Eritreyadan kelgan qochqinlar ishtirokida tartibsizliklar yuz berdi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Reuters

Tartibsizliklar Isroilda Eritreya madaniyati festivali o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar ortidan boshlangan. Eritreyaning amaldagi hukumati muxoliflari mamlakatning Isroildagi elchixonasi yonida diplomatik missiya tomonidan bayram tadbiri o‘tkazilishiga norozilik bildirib chiqqan — norozilik to‘qnashuvlarga aylanib ketgan.

Namoyishchilar tadbir joyga bostirib kirib, toshlar otgan. Politsiya shovqinli granatalar bilan javob qaytargan.

Isroil politsiyasi tartibni buzganlarga qarshi harakatni davom ettirmoqda. Ayni damda politsiya xodimlariga hujum qilgan va politsiyaga tosh otgan 10 nafar qoidabuzar qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Kamida 114 kishi, jumladan, 27 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi yaralangan. Ayrim hollarda politsiya olomonni tarqatish uchun xizmat qurolidan foydalanishga majbur bo‘lgan, 11 kishi o‘qdan jarohat olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »