Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini to‘xtatish uchun yangi taktikaga o‘tdi. Ular minalangan dalalarga o‘t qo‘yishni boshladi. Bu haqda The New York Times Ukraina harbiylariga tayanib xabar bermoqda.

Illustrativ foto: Telegraf

Qayd etilishicha, rossiyaliklar minalangan maydonlar joylashgan hududlarga tez yonuvchi suyuqliklarni sepib chiqyapti. Minalarni tozalashga urinish bo‘lsa, ular dronlardan granatalar tashlab, “yong‘in va portlashlar dengizini hosil qilmoqda”.

Ukraina dengiz piyodalarining aytishicha, Rossiya pozitsiyalari minalangan maydonlar va okoplar bilan mustahkamlangan.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari har bir uy uchun kurashishga majbur. Shu bilan birga, ushbu hujumning harakatlantiruvchi kuchi sakkizdan o‘n nafargacha askardan iborat yuzlab kichik hujum guruhlari hisoblanadi. Ushbu guruhlarning har biri alohida vazifalarga ega: okoplar, o‘rmon kamarlari yoki uylarga hujum qilish kabi.

“Bu urush olib borishning qiyin usuli — qishloqma-qishloq, uyma-uy — muvaffaqiyatga kafolat yo‘q. Biroq butun qolgan rus istehkomlari ukrainaliklar uchun keyingi qadamlarini rejalashtirishga baza bo‘lib xizmat qiladi”, — deb yozgan NYT.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »