Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning dronlar yordamida Qrim ko‘prigiga uyushtirgan hujumlari qaytarilganini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Harbiy idora ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi hujum 1-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:15 da sodir bo‘lgan. Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ichida ekipaji bo‘lmagan kater Qora dengizda “o‘z vaqtida aniqlangan va yakson etilgan”.

Yana ikki dron soat 02:10 hamda 02:20 da Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirishga uringan. Ikkala uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari ham Qora dengizda yo‘q qilingan.

Ko‘prikdagi vaziyat haqida ma’lumot berib boruvchi Telegram kanalning yozishicha, yarim tundan 2-sentabr soat 03:00 ga qadar Qrim ko‘prigida harakatlanish to‘xtatilgan.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni boshlaganidan beri Qrim ko‘prigida ikkita portlash amalga oshirildi — 2022-yil 8-oktabr va 2023-yil 17-iyulda.

Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning aytishicha, iyul oyida uyushtirilgan hujumda Sea Baby dronidan foydalanilgan. U mazkur uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari Rossiya hujumi boshlanganidan bir necha oy o‘tib yaratilganini aytgan.

Avgust boshlarida mahalliy aholi Qrim ko‘prigi hududida portlash ovozi eshitilgani va yong‘in chiqqani haqida xabar bergandi. Zaporojye viloyati vakili Vladimir Rogov “Qrim ko‘prigiga uchuvchisiz uchoqlarning yirik hujumi” haqida gapirgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya havo mudofaasi uchta yerusti dronini urib tushirgan, ammo hujum davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »