Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan Vashington shahri meri Muriyel Bauzer 2023-yil 1-sentabrni AQSH poytaxtida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston istiqlolining 32 yilligi bilan qabul qilingan deklaratsiyada AQSH poytaxti meri O‘zbekistonda Mustaqillik kunining ahamiyati haqida gapirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini ta’kidlagan.

Shahar meriyasi O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, shaxslararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ikki davlat o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar poytaxti Vashington 1791-yilda tashkil etilgan va Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington nomi bilan atalgan. Vashingtonda federal hukumatning barcha uch bo‘limining asosiy idoralari, jumladan, AQSH prezidentining Oq uydagi qarorgohi, ko‘plab yodgorliklar va milliy ahamiyatga ega muzeylar joylashgan. 

Avgust oxirida O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi bilan AQSHga bo‘lajak tashrif masalalarini muhokama qilgandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSH hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o‘zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. Elchi AQSH mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »