Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi qalbaki dori vositalarini qanday farqlash mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyumdir.

Postmarketing nazorati boshqarmasi boshlig‘i Shoira Nazarovaning bildirishicha, qalbakilashtirish ham tovar nomiga (savdo nomi), ham jenerik dori vositalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Bunda, tarkibida tegishli yoki tegishli bo‘lmagan ingrediyentlar kiritilgan, faol moddalar yo‘q yoki yetarli bo‘lmagan hamda soxta qadoqlangan mahsulotlarni kuzatish mumkin. Ularni esa laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha sifatli yoki sifatsizligi aniqlanadi va tegishli xulosa beriladi.

Dori vositasini xarid qilayotganda quyidagilarga eʼtibor berish kerak:

  • narx — qalbaki dori vositalari dorixonalarda original dori narxiga nisbatan arzon bo‘ladi;
  • mahsulot qadog‘i – undagi harflar va raqamlar noaniq, tasvirlar xira va karton qutining o‘zi yupqa va shaklini yaxshi ushlamaydi;
  • seriya raqam, shtrix-kod, ishlab chiqarish sanasi tushunib bo‘lmaydigan darajada noaniq bo‘ladi.
  • qo‘llash yo‘riqnoma varag‘i xuddi nusxalanganga o‘xshaydi. Qadoqdagi va dorining o‘z qolipidagi ishlab chiqarilgan sana va saqlash muddatlari bir biriga mos kelmasligi mumkin.

Xarid qilayotgan dori vositasida yuqorida sanab o‘tilgan belgilar shubhalantirsa, dorixona tomonidan mazkur dori vositasiga tegishli muvofiqlik sertifikatini so‘rash lozim. Agarda bunday sertifikat mavjud bo‘lmasa ushbu holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »