Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari 3-sentabrga o‘tar kechasi Odessa viloyatining janubiy hududlariga 25 ta Shahed-136/131 zarba beruvchi dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.

Foto: Dron hujumi oqibatida kelib chiqqan yong‘in / Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati

Ma’lum qilinishicha, rus harbiylari janubiy va janubi-sharqdan bir nechta hujumni amalga oshirgan. Hammasi bo‘lib Odessa viloyatining janubiy hududlariga 25 ta Shahed droni uchirilgan. Ulardan 22 tasi urib tushirilgani aytilmoqda.

Ukraina qurolli kuchlari hujum oqibatida port infratuzilmasiga zarba berilganini e’lon qildi. Biroq aniq qaysi hudud zarar ko‘rgani ko‘rsatilmagan. Hujum sababli yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Izmoil va Reni portlarini Rossiya nishoni deb atagan. Odessa viloyatidagi tungi hujum oqibatlari aks etgan surat e’lon qilingan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati
Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati
Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »