Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida kunlik limit qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qayd etilishicha, tabiiy gaz balansi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvarda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ga muvofiq ishlab chiqiladi va shu asosda resurslar hamda taqsimot balansi shakllantiriladi.

Bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJning hududiy filiallari tomonidan 1 173 ta AGTKSHga 2023-yilning 8 oyida 2,5 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan. Bu miqdor o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 106 million kub metr ko‘pdir.

“Bundan tashqari, tabiiy gaz yetkazib berishda gaz quvurlarining gidravlik o‘tkazuvchanligidan kelib chiqqan holda hisob-kitob asosida soatlik, kunlik, oylik va yillik gaz hajmlar belgilanadi. Mazkur belgilangan gaz hajmlari esa iste’molchilar bilan tuziladigan shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, iste’molchilarning buyurtmasi asosida shakllantiriladi”, — deyiladi vazirlik izohida.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar qo‘shimcha gaz hajmi xaridi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarorida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Bunda gaz ta’minoti tashkilotlari tabiiy gaz resurslari va gazni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq ajratilgan hajmlardan kelib chiqib, buyurtmalarni qayta ko‘rib chiqishga haqli.

Bundan avval metan zapravkalarga gaz yetkazib berish cheklangani haqida xabarlar tarqalgandi. Energetika vazirligi buni rad etib, barcha metan zapravkalarga ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »