Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin 4-sentabr kuni Sochida muzokara olib bordi. Muzokara yakunida davlat rahbarlari uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Quyida uch soat davom etgan uchrashuvning asosiy tafsilotlarini taqdim etamiz.

Foto: “TASS”

Don bitimi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, don bitimining to‘xtatilishi dunyodagi oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatga taʼsir qilmadi. Putin don narxi pasayishda davom etayotgani, oziq-ovqat taqchilligi yo‘qligini, ammo uni adolatli taqsimlashda muammolar borligini tushuntirdi. U Rossiya Afrikaning 6 ta davlati bilan donni tekin yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlashga yaqin turganini aytdi.

“Bizni don bitimidan chiqishga majbur qilishdi. G‘arb Rossiyaning don bitimi bo‘yicha talablarini bajarishga, jumladan, Rossiya donini eksport qilishga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda”, — dedi siyosatchi.

 Shuningdek, Putin Rossiya barcha belgilangan kelishuvlar bajarilishi bilanoq g‘alla bitimini qayta tiklashga tayyor bo‘lishini aytdi.

“Rossiya tomoni don bitimi doirasida xavfsiz yuk tashishni taʼminladi, biroq boshqa tomon yo‘laklardan terroristik hujumlar uchun foydalangan”, — dedi Rossiya prezidenti.

U Rossiya Qatar yordamiga umid qilib, Turkiya orqali eng qashshoq mamlakatlarga imtiyozli narxda 1 mln tonnagacha don yetkazib berishga tayyorligini aytdi.

“Don bitimi qashshoq mamlakatlar uchun muhim rol o‘ynagan. Bitim yuzasidan BMT bilan maslahatlashuvlarning yangi paketini tayyorlaymiz. O'ylaymanki, natijaga erishamiz, Turkiya bor kuchini sarflaydi”, — dedi Erdo‘g‘on 
Rossiya prezidenti don bitimiga qaytish uchun G‘arbga shart qo‘yishda davom etmoqda. U Rosselxozbankni SWIFT’ga ulashni, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berishni, transport logistikasi va sug‘urtasini blokdan chiqarishni, “Tolyatti-Odessa” ammiak quvurini qayta ishga tushirishni va Rossiya kompaniyalarining aktivlarini “blokirovkadan chiqarishni” talab qilmoqda.

Ukrainadagi vaziyat

Rossiya prezidenti Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi “Kiyev uchun mutlaqo muvaffaqiyatsiz” bo‘lib chiqqanini aytdi.

“Qarshi hujumga kelsak. Bu muvaffaqiyatsizlik. Bugun u aynan shunday ko‘rinadi”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Ukrainadagi urush bo‘yicha tinchlik muzokaralari haqida ham gapirdi.

“Men shuni aytmoqchimanki, Rossiya hech qachon muzokaralardan bosh tortmagan va hozir ham rad etmayapmiz”, — dedi u.

O‘z navbatida, Erdo‘g‘on Anqara muzokaralarda vositachilikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi, Putin bundan bosh tortmasligini aytdi.

Gaz xabi

Putin Rossiya gazni Turkiya orqali boshqa davlatlarga tranzit qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Rossiya joriy yilning 9 oyida Turkiyaga 10 mlrd kub metrdan ortiq gaz yetkazib bergan.

“Biz hududiy gaz xabini yaratishni taklif qildik, “Gazprom” yo‘l xaritasi loyihasini taqdim etdi”, — dedi Putin.

Rossiya va Turkiyaning hisob-kitoblarida milliy valyutalar

Putin ikki davlat o‘rtasida hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanish tendensiyasi kuzatilganini aytdi.

“Tijorat birjalarida milliy valyutalar, rubl va liradan faolroq foydalanish tendensiyasi kuzatilmoqda”, — dedi Rossiya davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevroning ulushi “asta-sekin kamayib bormoqda”.

Rossiya va Turkiya munosabatlari

Shuningdek, Putin turkiyalik hamkasbiga davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi jadallik saqlanib qolayotganini aytdi. U ikki davlat o‘rtasidagi o‘tgan yili 86 foizga o‘sgan tovar ayirboshlash hajmi joriy yilda ham ijobiy natija ko‘rsatishini bildirdi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat tovar ayirboshlash hajmini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadi sari intilmoqda. 

“Tashqi savdo hajmi hozirda 62 milliard dollarni tashkil etgani va biz 100 milliard dollarlik maqsadimiz sari intilayotganimizdan juda mamnunmiz”, — dedi Turkiya prezidenti.

U turizm Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi muhim qadamlardan biri ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Turkiyadagi mehmonlar orasida rossiyalik sayyohlar birinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Yana bir muhim xususiyat — harbiy mudofaa sanoati, energetika sohasi. O‘rtamizda, ayniqsa, tabiiy gaz bo‘yicha qadamlar bor. Bu borada Rossiya bilan tabiiy gaz borasida yaxshi, muhim aloqalarimiz borligi muhimi. O‘ylaymanki, biz bu munosabatlarni rivojlantiramiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiyada AES qurish

Bundan tashqari, Putin 2024-yilda Turkiyada Akkuyu atom elektr stansiyasining birinchi blokini ishga tushirish rejalarini ma’lum qildi. U Rossiya yadro yoqilg‘isining birinchi partiyasi yetkazib berilgandan so‘ng Turkiya yadroviy davlatlar klubiga aʼzo bo‘lganini taʼkidladi. 

“Keyingi yil — hammasi reja bo‘yicha ketmoqda — biz birinchi blokni ishga tushiramiz. Hamkorligimizni davom ettirish uchun qiziqarli variantlar mavjud. Hozir stansiyada juda katta malakali jamoa — salkam 25 ming odam ishlashda davom etmoqda”, — dedi Putin.

Erdo‘g‘on esa Turkiya Rossiya bilan Sinop shahrida respublikadagi ikkinchi AESni qurish bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga ishonch bildirdi.

“Turk oqimi” va “Moviy oqim” gaz quvurlari

Putin “Ukraina portlaridan uchirilgan dronlar” “Turk oqimi” va “Moviy oqim” gaz quvurlariga hujum qilishga uringani haqida bayonot berdi.

Prezidentning taʼkidlashicha, 2022-yilda Rossiya tomoni Turkiyaga “Turk oqimi” va “Moviy oqim” gaz quvurlari orqali 21,5 milliard kub metr gaz yetkazib bergan. 2023-yilning yanvar-avgust oylarida yetkazib berish hajmi 10 milliard kub metrdan ortiqni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »