Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniyaning ko‘plab hududlarida kuchli shamol va yomg‘irlar kuzatilmoqda, rasmiylar suv toshqini xavfi haqida aholini ogohlantirdi.

2-sentabrdan beri davom etayotgan kuchli bo‘ronli yomg‘irlar tufayli eng yuqori xavf darajasi Madrid, shuningdek, Andalusiya va Kastiliya-La-Mancha hududlarida e’lon qilindi. O‘z navbatida, Ispaniya Ichki ishlar vazirligi mamlakatning aksariyat hududlarida tabiiy ofatlar xavfi haqida ogohlantirdi.

Foto: Reuters

Maktab ta’tillari tugab, ta’tildan qaytganlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, Yo‘l harakati bosh boshqarmasi fuqarolarni avtomobil haydamaslikka va uyda qolishga chaqirdi, chunki ko‘plab yo‘llar butunlay suv ostida qolgan.

Ispaniyaning shimoli-sharqida joylashgan 10 ming aholiga ega Alkanarada hokimiyat kuchli suv toshqini xavfi tufayli odamlarga uylarini tark etishni taqiqladi.

So‘nggi 24 soat ichida shaharda kuchli yomg‘irlar qayd etildi, yog‘ingarchilik miqdori kvadrat metrga 215 litrni tashkil qildi. Bundan tashqari, Valensiya va Barselona o‘rtasidagi temiryo‘l aloqalari to‘xtatildi, deb xabar berdi Renfe temiryo‘l kompaniyasi.

Saragosadagi darada 31 va 34 yoshli ikki erkak sayr qilish chog‘ida halok bo‘ldi. Hamrohlarining so‘zlariga ko‘ra, ular kuchli yomg‘ir natijasida paydo bo‘lgan suv oqimiga tushib, cho‘kib ketgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »