Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani haqida xabar berilgan edi. Hukumat qarori bilan ushbu ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.

Shunga muvofiq har yili 1-martgacha Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi. Takliflar tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga taqdim etiladi.

Har yili 15-martgacha nomzod oilalar har tomonlama o‘rganilib, 15-aprelgacha eng munosiblari bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

  • oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;
  • oila aʼzolari ilmli, ziyoli bo‘lgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lgan;
  • ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;
  • oilaviy sport bilan shug‘ullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan;
  • oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan oilalar 15-may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi.

Taqdirlangan ibratli oilalarga BHMning 4 baravari (1 million 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Bir oila ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga “Ibratli oila” belgisi o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni prezidentning 2022-yil 7-martdagi farmoni bilan taʼsis etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »