Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda 2023-yilgi paxta terimi uchun narxlar haqida maʼlumot tarqalgan edi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qildi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Tarqagan xabarlarda paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari eʼlon qilingani, unda 1 kilo paxta uchun birinchi terimda 2100 so‘mdan, ikkinchi terimda 2600 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash belgilangani aytilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining bildirishicha, paxta terimi uchun to‘lov narxlari har yili mavsum boshlanishidan avval, muayyan bir muddatda belgilanadi va hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Terimning har bir turi uchun alohida summa belgilanadi, so‘ng barcha OAV orqali eʼlon qilinadi.

“Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlik OAV vakillari hamda blogerlarni tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »