Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Kon-ruda va neft vazirligi umumiy qiymati 6,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yettita konni qazish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi.

Foto: TOLOnews

Kon-ruda va neft vaziri vazifasini bajaruvchi Shahabuddin Delaver jurnalistlarga bergan intervyusida aytishicha, tog‘-kon shartnomalarida to‘liq shaffoflik mavjud, noqonuniy qazish va kontrabandaning oldi olingan, deb xabar bermoqda TOLOnews.

Tohar viloyatidagi oltin konini China-Afghanistan Company va Zarawar Afghanistan Private qabul qilib oladi, ular loyihaga 310 million dollar sarmoya kiritadi.

Luvgar viloyatidagi Mes Aynak konini esa Turia xususiy kompaniyasi qaziydi va loyihaga 411 million dollar sarmoya kiritadi.

Afghan Invest va Turkiyaning Epcol kompaniyalari G‘or viloyatining Tulak tumanida qo‘rg‘oshin qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ushbu kompaniyalar konga 537 million dollar sarmoya kiritishi kutilmoqda.

Hirot viloyatidagi Ghoryan temir koni uchastkalaridan biri Watan Darakhshan’ga topshirildi, u 2,8 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Saheel Middle East Mining & Logistics Company korxonasi Afg‘onistonning Dara-e-Noor va Turkiyaning Epcol kompaniyalari bilan hamkorlikda Ghoryan konining ikkinchi uchastkasini qazish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritdi. Investitsiyalar 874 million dollarni tashkil etadi.

Temir konining uchinchi uchastkasi Afg‘onistonning Shams kompaniyasi va Britaniyaning GBM va AD Resources kompaniyalariga berildi, ular loyihaga 572 million dollar sarmoya kiritadi.

Bakhtar Steel Company va uning eronlik hamkorlari Ahya Sepahan va Forsian konning to‘rtinchi uchastkasini qazish bo‘yicha shartnoma oldi. Ular loyihaga 1,17 milliard dollar sarmoya kiritish niyatida.

Afg‘onistondagi foydali qazilmalarning umumiy qiymati 1 trillion dollarga baholanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »