Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya shimolida kuchli yomg‘ir tufayli Qora dengiz sohilida joylashgan Giresun shahrini suv bosdi. Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.

Foto: CNN Turk

Kuchli yomg‘ir 2-sentabr kuni kechqurun boshlangan. Yog‘ingarchilik oqibatida shaharning markaziy qismidagi ko‘chalar suv ostida qolgan, birinchi qavatdagi ayrim uylarni suv bosgan.

Suv bosgan yo‘llarda haydovchilarning mashinada harakatlanishi qiyinlashgan.

Foto: CNN Turk

Yomon ob-havo oqibatlarini bartaraf etish uchun kommunal xizmatlar kanalizatsiya quduqlarini ochishga kirishdi.

Avval Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasiga kuchli “Saola” tayfuni yopirilgandi. Shamol kuchliligi sababli vazni 50 kilogrammdan kam bo‘lgan odamlarga ko‘chaga chiqish taqiqlangan.

Bundan tashqari, Xitoy janubida 780 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Guandun provinsiyasida ham ko‘chki sodir bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »