Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning eng yirik avtokonserni Dongfeng Motor Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Dongfeng Motor, Luoyang Grasen Power Technology va Tunghsu Group kabi yirik kompaniyalari vakillaridan iborat investorlar delegatsiyasini qabul qildi.

Dongfeng Motor kompaniyasi tomonidan Dongfeng elektrobuslarini ishlab chiqarish, Luoyang Grasen Power Technology kompaniyasi tomonidan elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, Tunghsu Group tomonidan quyosh panellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida 4 gektar maydonda 45 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirish hisobiga elektrobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, 2025-yilda yana 50 million dollar investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan ikkinchi bosqichda elektrotransportlar akkumulyatorlarini hamda boshqa butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, shuningdek, hududlarda texnik servis xizmatlarini tashkil etish belgilangan.

Elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalarni ishlab chiqarishda Xitoyning eng yirik kompaniyasi bo‘lgan Luoyang Grasen Power Technology tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha 30 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Tunghsu Group kompaniyasi rahbarlari esa viloyatda quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasiga 50 million dollar investitsiya yo‘naltirmoqchi.

Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar yuzasidan Yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi. Ushbu loyihalar hozirgi muzokaralar holatida Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, Dongfeng Motor tomonidan ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan elektrobuslar modellari ham viloyatga olib kelindi. Hokim Xayrullo Bozorov, IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat transport sohasi masʼullari elektrobuslarga chiqib shahar bo‘ylab yurib ko‘rdi va texnik xususiyatlarini baholadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »