Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joy Mangano

Foto: Marie Claire

Ushbu ayolning taqdiri haqida “Joy” nomli film ekran yuzini ko‘rgandan keyin keng jamoatchilik u haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Mangano kichkina kvartirada uch nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Avvaliga ish topishga uringan ayolning mushkul vaziyatdan chiqishiga xayoliga kelgan ajoyib fikr sabab bo‘lgan. U suvini siqish uchun qo‘llar bilan pol lattaga teginishga hojat bo‘lmagan polyuvgich o‘ylab topgan. Oradan bir necha oy o‘tib esa ro‘zg‘or buyumlari o‘rin olgan do‘kon ochishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo ushbu biznesidan deyarli daromad kelmaydi. Shundan keyin auditoriyasini aniqlab, teledo‘kon bilan shartnoma tuzadi. Teleekran orqali o‘z mahsulotining afzalliklari haqida aytib berganidan keyin, 18 ming dona polyuvgich sotib olinadi. Shu yo‘sinda davom etganidan Joy 2 yil o‘tib yillik daromadi 1 million dollarni tashkil qiladigan kompaniya egasiga aylanadi. Bu bilan cheklanib qolmagan Mangano uyni xushbo‘y qiladigan vositalar, qisqichli va sirpanmaydigan kiyim ilgichlar hamda boshqa kerakli buyumlarni ishlab chiqaradi.

Kim Levin

Foto: “Wday.ru”

Alabamalik Kim Levin turmush o‘rtog‘i chorva mollarini makkajo‘xori doni bilan oziqlantirayotganiga qarab turib, xayoliga ajoyib fikr keladi. “Agar jo‘xori donining ustiga jild kiydirib, undan yostiq yasasa, qanday bo‘larkin?”. Uy bekasi o‘zining birinchi Spa-yostiqchasini bir necha daqiqa ichida tikib bo‘ladi hamda undan o‘zi foydalanib ko‘radi. Makkajo‘xorili yostiqchalar bo‘yindagi charchoq va zo‘riqishni bartaraf etib, tinch uyquga ketishga yordam beradi.

Keyinroq Kim o‘zining yangi aksessuarini mikroto‘lqinli pechda qizdirib oladi. Yostiqcha ichidagi makkajo‘xori xushbo‘y hid taratib, issiqni uzoq muddat saqlab tura boshlaydi. Avvaliga Kim o‘zining kichik ixtirosini yaqinlarining tug‘ilgan kunlariga sovg‘a qila boshlaydi. Biroq ajoyib makkajo‘xorili yostiqcha haqidagi gap-so‘zlar tildan-tilga o‘tib, Kimning buyurtmalari tobora ko‘paya boshlaydi. Shundan so‘nggina, Kim yostiqchalarni kengroq hajmda ishlab chiqarish haqida o‘ylaydi.

Foto: “Wday.ru”

Tuzilgan shartnomadan keyin omadi kelgan Levin tushgan daromadini mahsulotini takomillashtirish va mashhur bo‘lishiga sarflagan. Bugungi kunda u millionlab mablag‘ keltiradigan kompaniyaning egasi hisoblanadi. Uning yillik daromadi 700 million dollarni tashkil qiladi.

Sheri Shmelser

Foto: Marie Claire

Sherining farzandlari teshikli shippaklarni yaxshi ko‘rgan. Ayol bolalarining poyabzallarini qiziqarli qilishni istab, teshiklarni turli narsalar, avvaliga gul, keyin tugma hamda loydan yasalgan shakllar bilan bezagan. Bunday poyabzallarni bolalari maktabga kiyib borganidan keyin boshqa ota-onalar ham undan farzandlarining poyabzallarini shunday bezab berishni iltimos qilgan.

Foto: Marie Claire

 

Yerto‘lasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan ayol jibbits deb atagan ijod namunasining bir donasini 3 dollarga sotgan. Oradan bir yil o‘tib, dunyo bo‘yicha shunday oyoq kiyimlardan 8 millionta xarid qilingan. Shmelser esa o‘z mahsulotini Crocs kompaniyasiga 20 million dollar evaziga sotib yuborgan.

Tatyana Bakalchuk

Foto: Marie Claire

Uy bekasi bo‘lgan Tatyana o‘z xonadonida bolalarga ingliz tilidan dars o‘tgan. Farzandli bo‘lganidan keyin esa uyda o‘quvchi qabul qilishning iloji bo‘lmagan. Shunda Tatyana pulsiz qolib ketmaslik uchun nimadir ish qilishi kerakligi haqida bosh qotira boshlagan. Internet orqali savdo qilish Rossiyada hali yo‘lga qo‘yilmagan bir vaqtda ayol bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rgan. U hech nima ishlab chiqarmagan, shunchaki bir savdogardan olgan mollarini internetda sotishga uringan. Turmush o‘rtog‘i qo‘llab-quvvatlagan ayol bir yil o‘tib Rossiyadagi ilk onlayn do‘kon Wildberries ning egasiga aylangan. “Biznesi.ru” domenidagi eng qimmat kompaniyalar reytingidan o‘rin olgan Bakalchuk Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat rossiyalik ayollar Top 15 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Uning moliyaviy ahvoli 10,1 milliard dollarga baholanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »