Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Kreml rahbari bilan muzokaralari natija bermagan bo‘lsa-da, Vashington Anqaraning g‘alla tashabbusini qayta tiklashga qaratilgan saʼy-harakatlarini olqishlaydi. Bu haqda AQSH Davlat departamentida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning don kelishuvi bo‘yicha 4-sentabrdagi uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.

Erdo‘g‘on va Putin 4-sentabr kuni Sochida uchrashdi
Foto: AFP
“Biz Turkiya va boshqa davlatlarning Rossiyani kelishuvga qaytarishga bo‘lgan saʼy-harakatlarini olqishlaymiz. Qora dengiz g‘alla tashabbusini amalga oshirish uchun ko‘p kuch sarflagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz”, — deydi Davlat departamenti vakili.

AQSH Davlat departamenti Turkiyaga yangi kelishuvga erishishga qaratilgan “muhim diplomatik va operativ sa’y-harakatlari” uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, idora Rossiyaning g‘alla tashabbusidan voz kechish qarori “butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat xavfsizligi zaif bo‘lgan jamiyatlar uchun zararli” ekanini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on va Putin 4-sentabr kuni Sochida muzokara olib bordi. Unda tomonlar don kelishuvini yangilash bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Ukrainadagi vaziyat borasida Rossiya prezidenti Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi “Kiyev uchun mutlaqo muvaffaqiyatsiz” bo‘lib chiqqanini aytdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Rossiya va Turkiya munosabatlari ham muhokama qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »