Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi davomida manzarali daraxtlar qo‘porib tashlangani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida G‘ijduvon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan to‘rt tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlangan.

Korxona direktori E.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, daraxtlar qo‘porilishi natijasida tabiatga 50 million 325 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan. Huquqbuzarga qo‘shimcha jazo tariqasida kesilgan daraxtlar o‘rniga jami 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklatilgan. Tegishli hujjatlar huquqbuzarga chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilgan.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari

Bir necha kun oldin Xorazmda o‘zini tadbirkor deb tanishtirgan shaxslar istirohat bog‘idagi daraxtlarni kesib tashlagandi. Buxoroda 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilib, tabiatga 144,3 million so‘mlik ziyon yetkazilgandi. Farg‘onadagi chegara posti yaqinida 12 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani xabar qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »