Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva meri Sergey Sobyanin 5-sentabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari poytaxtga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan dronlarni yo‘q qilganini aytdi.

Dronlar Kaluga viloyatida, Tver viloyatining Zavidovo qishlog‘i yaqinida, shuningdek, Moskva viloyatining Istra tumanida urib tushirilgan.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskva viloyatida dron bo‘laklarining qulashi oqibatida “maishiy inshoot” shikastlangan. Moskva meri gap qaysi obyekt haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi “Kiyev rejimi” uchta dron yordamida “terrorchilik hujumi” uyushtirishga uringanini ma’lum qildi. Ulardan biri Kaluga viloyatida, ikkinchisi Moskva viloyatida urib tushirildi, uchinchisi Tver viloyatida “to‘xtatib qolindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Moskvaning Vnukovo va Sheremetyevo aeroportlarida tungi parvozlar cheklandi, beshta samolyot muqobil aeroportlarga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “Rosavitsiya”. Soat 07:30 dan boshlab (Toshkent vaqti bilan 09:30) poytaxtning barcha aeroportlari odatdagidek ishlamoqda.

Sobyanin Moskvaga dronlar hujumi haqida oxirgi marta 1-sentabr kuni ertalab xabar bergandi. Unga ko‘ra, dron Moskva viloyatida Lyubertsi shahri yaqinida urib tushirilgan. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Lyubertsi shahrida dron hujumidan so‘ng Tomilinskiy elektron zavodida yong‘in chiqqanini da’vo qildi. Ushbu ma’lumot tasdiqlanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »