Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni taʼsis etildi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: Telegram / “Huquqiy axborot”

Qarorga ko‘ra, ko‘krak nishon bilan quyidagilar taqdirlanadi:

  • mamlakatda sog‘lom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qo‘shgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;
  • jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni o‘z jamoasi va aholi orasida targ‘ib qilishda alohida namuna bo‘layotgan shaxslar va sport murabbiylari;
  • zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik ko‘rsatgan fuqarolar;
  • aholining sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;
  • hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash, aholida sanitariya-gigiyenik ko‘nikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;
  • surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OAV vakillari;
  • profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yo‘nalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (1 million 320 ming so‘m) bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Bundan oldin O‘zbekistonda harbiy ayollar uchun “To‘maris” ko‘krak nishoni, “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni, “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etilgani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »