Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Tadbir davomida oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan Toshkent tumanidagi mahallalardan birida to‘yxona yaqinidagi to‘xtab turgan Lacetti rusumli yengil avtoulovi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida avtotransport vositasining yukxonasida chet elda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati salkam 96 million so‘mlik dori vositalari borligi aniqlangan.  

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.  

Shuningdek, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti yaqinidagi “GML Plaza” mehmonxonasiga qarashli avtoturargohda Tracker-2 rusumli bo‘lgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada mazkur avtotransport vositasining old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostidan jami 2 dona Tassay yozuvli baklajkalarda o‘ziga xos hidli rangsiz nomaʼlum suyuqlik borligi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

O‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, 2500 ml bo‘lgan rangsiz suyuqlik tarkibida “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi borligi maʼlum bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Psixotrop moddalar savdosi

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvandlik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »