Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Avstraliya Ukrainaga yetkazib bergan dronlar Rossiya Federatsiyasi hududiga zarbalar berish uchun ishlatilayotganini ma’lum qildi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya mudofaa vaziri Richard Marles avvalroq Ukrainaga yetkazilgan Avstraliyaning CORVO dronlari faqat havodan razvedka qilish, ta’minot yetkazib berish va kuzatish missiyalarida qo‘llanilishini aytgan.

“Ma’lum bo‘lishicha, Avstraliyaning dronlaridan aslida Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun foydalanilmoqda”, — dedi Rossiya TIV vakili.
Foto: Google Images

29-avgust kuni The Sydney Morning Herald gazetasi Ukraina Qurolli kuchlari 27-avgust kuni Kursk viloyatidagi harbiy aerodromga hujum qilish uchun Avstraliyaning CORVO uchuvchisiz samolyotlaridan foydalangani haqida xabar bergandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha kuni aerodromga qilingan hujumni tasdiqlamadi, biroq Ukrainaning Kursk va Bryansk viloyatlaridagi obyektlarga dronlar yordamida hujum qilishga urinishlari haqida xabar berdi.

CORVO dronlari Avstraliyaning SYPAQ kompaniyasi tomonidan yig'iladi. Ular mumlangan karton va kauchukdan qilingan. Avstraliya jami 33 million dollarlik bunday dronlarni Ukrainaga sovg‘a qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »