Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vashington Pxenyanga Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib bersa, buning “oqibatlari” bilan tahdid qilmoqda. 5-sentabr kuni AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Shimoliy Koreya buning uchun xalqaro hamjamiyatga “katta tovon to‘laydi” deb ogohlantirdi.

Foto: “RIA Novosti”

Amerika rasmiysiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha davlat rahbarlari darajasida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Avvalroq New York Times gazetasi Kim Vladimir Putin bilan qurol-yarog‘ kelishuvini muhokama qilish uchun sentabr oyida Rossiyaga borishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi. Nashrning yozishicha, uchrashuv Vladivostokda bo‘lib o‘tishi mumkin, u yerga Shimoliy Koreya yetakchisi zirhli poyezdda kelishi aytilmoqda. Kreml bu ma’lumotga izoh bermadi.

Jeyk Sallivan Rossiya mudofaa sanoati Ukrainaga qarshi urushda armiya ehtiyojlarini qondira olmayotgani uchun xorijdan o‘q-dorilar sotib olish yo‘llarini qidirayotganini eslatdi.

“Biz Shimoliy Koreyani o‘z majburiyatlarini bajarishga va Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikka chaqirishda davom etamiz”, — dedi u.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »