Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Braziliyaga tropik siklon yopirildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, deya xabar qildi janubiy Rio-Grande-du-Sul shtati gubernatori Eduardo Leyte. Qayd etilganidek, qo‘shni Santa-Katarina shtatida yana bir kishi halok bo‘ldi.

Rio Grande-du-Sul fuqarolik mudofaasi departamenti bir kun avval qutqaruvchilar Musun shahridagi uylardan birida 15 kishining jasadini topgani haqida xabar berdi. Shahar meri Matey Troyanning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida ko‘plab odamlar jarohatlangan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Ayni paytda Musun shahrining 80 foizdan ortig‘i suv ostida. Shaharda na elektr, na uyali aloqa mavjud.

Foto: TASS

Rio Grande-du-Sul rasmiylariga ko‘ra, tabiiy ofatdan 25 mingdan ortiq odam jabr ko‘rgan, 300 dan ortiq bino vayron bo‘lgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha qutqaruv kuchlari yuborildi, politsiya va harbiylar yordam bermoqda. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada yomg‘ir 8-sentabr, juma kuniga qadar to‘xtamaydi, deb xabar berdi Globo telekanali.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »