Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tayotgan “Dok-1 Maks” sudida so‘z olgan navbatdagi sudlanuvchilarning biri siropda zaharli modda borligini aytib, jamoatchilikni bundan xabardor qilgan samarqandlik shifokorlarni, mas’ullarni sud zaliga chaqirtirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud majlisi bir necha kunlik tanaffusdan so‘ng, 6-sentabr kuni o‘z ishini davom ettirdi. 

Sud majlisida 21 nafar sudlanuvchilarning biri sifatida so‘roq qilinayotgan “Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning sobiq mas’uli S.S. suddagi chiqishida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tamoman rad etishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”
Menga Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan bilan ayblov qo‘yilmoqda. Bu ayblov asossiz deb o‘ylayman va shu sabab bu ayblovlarga iqror emasligimni, o‘zimni oqlash uchun himoyachim bilan yetarli dalillar keltirishga tayyorligimni ma’lum qilaman, — dedi sudda so‘z olgan sudlanuvchi. 

Sudlanuvchi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKdagi faoliyati davomida sidqidildan ishlaganini, tadbirkorlarga tamagirlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaganini, oylik maoshini o‘zi uchun yetarli deb bilib, kasbiga sodiq bo‘lganini bildirdi. 

Foto: “Daryo”

Shuningdek, u suddagi ko‘rsatmasida Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgan bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilganini, bu holat markazga yetib kelishdan avval ushbu viloyatdagi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi tomonidan aniqlanganini eslatdi. 

Bu haqdagi xat 2022-yilning 15-dekabr kuni Samarqand viloyatdagi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ma’muriyati tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yuborilgan. Xat mazmuniga ko‘ra, “Dok-1 Maks” siropidan zaharlanganlar va vafot etganlar bilan bog‘liq holat shifoxona rahbariyati va shifokorlariga ikki oy ilgari ma’lum bo‘lgan.
Ular nega ikki oy davomida bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berishmagan? Xabar berishgan bo‘lsa, nega vazirlik bu haqda 2022-yilning oktabr oyida mas’ul tashkilotlarga xabar bermadi? Murojaat bilan chiqmadi? Shu kabi savollarga javob topish uchun sudga Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullarini ham chaqirtirishni so‘rayman, — deydi sudlanuvchi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” sabab bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bu haqda boshqarmasiga xat orqali chiqish qilgan Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi oxirgi ikki oyda 21 kishi shu dori vositasi qabulidan so‘ng shikoyat qilgani, 17 nafar bolaning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ularning 15 nafarida o‘lim holati kuzatilganini ma’lum qilgandi. 

Shundan so‘ng bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi. Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka, limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilindi. Ushbu dori vositalarining savdosi 22-dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi va bu haqda Quramax Medical MCHJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »