Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shayx Rahmatulloh Termiziyning rafiqasi Maryam Mahmudova o‘z sahifasi orqali Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i Arseniy o‘ziga Arslonbek deya o‘zbekcha ism tanlaganini ma’lum qildi. 

Foto: Instagram

Vayner Xonzoda Do‘stova 29-oktabr kuni turmushga chiqayotganini aytib, kuzatuvchilarini hayron qoldirdi. Uning aytishicha, aslida shu yilning fevral oyida kuyov bilan nikohdan o‘tgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra katta to‘y kechiktirilgan edi. 



Foto: Instagram

Turkiyaning doim kulib turishi bilan mashhur bo‘lgan oshpazi Burak O‘zdemir Toshkentda katta qozonga osh damlab, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini mehmon qildi hamda ularga sovg‘a-salom ulashdi.

 

Aktyor Jahongir Xo‘jayev oilasi bilan Turkiyaning Antaliya shahrida hordiq chiqarmoqda. 

Foto: Instagram

Muborak Abdullayeva “Mitti vayn” kulgi jamoasi aktyori Ulug‘bek bilan tushgan suratiga hazilomuz izoh yozdi. 

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova kuz mavsumi syurprizlarga boy bo‘lishiga umid bildirmoqda. 

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva, Sitora Alimjonova va Feruza Yusupova rejissor Dilshoda Qosimovaning “Uyga qaytish” filmida suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Sevinch Mo‘minova Toshkentdagi o‘rtacha narxi 160 ming dollarlik Toyota Land Cruiser avtomobilini xarid qildi hamda quvonchini muxlislari bilan bo‘lishdi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »