Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada 5-sentabr kuni kechqurun kuchli yomg‘irlar bir vaqtning o‘zida bir nechta viloyatlarni qamrab oldi. Istanbulda esa tabiiy ofatdan eng ko‘p Bashakshehir tumani zarar ko‘rdi. U yerdagi kanal o‘zanidan toshib, bir qancha mashinalarni sel olib ketdi. Yomg‘ir oqibatida metro bekati va kutubxonani ham suv bosdi.

Videodan kadr

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda loyqa suv mashinalarni oqizayotgani va binolarni suv bosgani aks etgan videolarni joyladi.

Qutqaruvchilar Milliy kutubxonadan o‘quvchilar va xodimlarni evakuatsiya qilib, tuman hokimligi binosiga olib ketdi.

Istanbul rasmiylari suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar ikki kishiga yetganini ma’lum qildi. Shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘lu tez orada favqulodda bayonot bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar bunday yomg‘irni kutmagan, ba’zi hududlarda bir kvadrat metrga bir vaqtda 150 kilogramm yomg‘ir yog‘gan.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda 2,1 mingdan ortiq xodim ishlamoqda.

Istanbul aeroporti yaqinidagi tunnel ham suv ostida qolgan, bu esa yo‘lovchilarga aeroportga yetib borishga to‘sqinlik qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »