Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda laboratoriya tekshiruvidan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida so‘z olgan sudlanuvchilardan biri ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. 

Foto: “Daryo”

Sudda so‘roq qilingan ayol G.S. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlaganini, “Dok-1 Maks” siropini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida siropdan namunalar olingan bo‘lsa-da, ular laboratoriyadan o‘tkazilmaganini ma’lum qildi. 

Laboratoriya sinovlari o‘tkazilmagan, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yoki men ataylab, yomon niyatda yoki o‘lim holatiga olib kelishini bilib turib, bu narsani qilmaganmiz. Amaliyot bo‘lgani uchun qisman aybimga iqrorman. Shu sabab ham mana shu yerda (qamoq ehtiyot chorasi nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi) to‘qqiz oydan beri o‘tiribman, — deydi sudlanuvchi. 
Foto: “Daryo”

Ayblanuvchi G.S. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda 12 yildan beri faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, faoliyati davomida biror marta qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan doriga laboratoriya sinovlari o‘tkazilganini eslolmasligini bildirdi. 

Biz laboratoriya sinovlarini o‘tkazmaganmiz. Bizdagi amaliyotda bu holat umuman kuzatilmagan. Mana shu xatoyimizni hech kim bizga aytmagan. Ular bizga ekspertiza uchun berding, menga ham namuna taqdim et deyishlari mumkin edi-ku. Qo‘mita sinov bayonnomasi bo‘lishi uchun laboratoriyaga aytib, keyin bizga ham aytsa bo‘lar edi-ku. Bizda amaliyot shunaqa bo‘lgan. Adliya vazirligidan, agentlikdan tekshiruvlar kelib-ketgan. Hech qachon hech kim bu holatga e’tiroz qilmagan. Bu haqda tergov jarayonlari boshlangach, bildik, hamma shunda bildi, — deydi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan dorilar laboratoriyadan o‘tkazilmaganini tan olgan sudlanuvchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »