Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari Donetsk viloyatining Konstantinovka shahridagi bozorga aviazarba berdi. Hujum oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Telegram

Rossiya kuchlari hujum payti qanday quroldan foydalangani aniqlashtirilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkinligini aytmoqda.

“Hozirgi vaqtda rossiyalik terrorchilar artilleriyasi Donetsk viloyatining Konstantinovka shahrida 16 kishini o‘ldirdi. Oddiy bozor. Do‘konlar. Dorixona. Aybi yo‘q odamlar. Yaralanganlar soni ko‘p. Afsuski, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni hali ham ortishi mumkin”, — dedi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalidagi murojaatida.

Konstantinovkaning o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir bola ham bor. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal jarohatlanganlar soni 20 nafarga yetganini aytmoqda.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 28 kishi yaralangan. Jarohatlanganlar orasida qutqaruvchi ham bor. Hozirgacha 300 kvadrat metr maydonda yong‘in o‘chirilgan. 30 ga yaqin savdo pavilonlari shikastlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »