Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda xalqaro qo‘shma laboratoriya tashkil qilindi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi.

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Xitoyning Shensi provinsiyasi bilan hamkorlikda “Inson va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” Xitoy—Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu yirik ilmiy loyiha Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan Butunjahon turizm tashkiloti (UNVTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi binosida tashkil etilmoqda.

“Laboratoriya hayvon suyaklarini o‘rganish va ular ustida biokimyoviy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan ikkita qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Qo‘shma laboratoriyani qurish uchun Xalqaro turizm akademiyasining 8-qavatida jami 395 kvadrat metr maydon ajratilgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti tomonidan qiymati 1 milliard 587 million so‘mga teng bo‘lgan 36 turdagi jami 90 dona laboratoriya jihozlari va maxsus uskunalar xarid qilinib, universitetga olib kelindi va tez kunlarda jihozlash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.

Laboratoriya qurilishini muvofiqlashtirish hamda jihozlash ishlarini maxsus standartlar asosida bajarilishini nazorat qilish maqsadida Shimoli-g‘arbiy universitetining ikki nafar mutaxassis laboratoriya qurilishida ishtirok etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »