Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanaliga poytaxtning Olmazor tumanida daraxtlar drel yordamida teshilib, quritilayotgani aytilgan videoni joylashtirdi.

Videodagi holat tumanning “Chilto‘g‘on” (“Taxtapul”) mahallasi hududidagi sobiq Sobir Rahimov bog‘i o‘rnidagi daraxtzorda sodir bo‘lgan.

“Tadbirkor qurilish qilmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu yerdagi yashnab turgan daraxtlarning kesilishiga qarshi. Kesishning imkoni bo‘lmagach, atrof o‘ralib, ko‘zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliklar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin.

Afsuski, qurilish va pul dardi baʼzi ‘tadbirkor’larni kelajakni zavol qilishdan ham qaytarmayapti. Shu darajaga yetib keldikmi?” — deb yozadi u.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, daraxtlarni drel yordamida teshib, quritganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-modda (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kusherbayevga ko‘ra, daraxtlarning quritilishi natijasida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 534 million so‘mni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari

Bir necha kun oldin Xorazmda o‘zini tadbirkor deb tanishtirgan shaxslar istirohat bog‘idagi daraxtlarni kesib tashlagandi. Buxoroda 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilib, tabiatga 144,3 million so‘mlik ziyon yetkazilgandi. Farg‘onadagi chegara posti yaqinida 12 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani xabar qilingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »