Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanaliga poytaxtning Olmazor tumanida daraxtlar drel yordamida teshilib, quritilayotgani aytilgan videoni joylashtirgan edi. Ekologiya vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan murojaat o‘rganildi. O‘rganish natijasida “Airport House Builders” MCHJga tegishli bo‘lgan hududda jami 19 tup manzarali daraxtga qasddan quritish maqsadida zarar yetkazilgani aniqlandi. 

Toshkent botanika bog‘i xulosasiga ko‘ra, daraxtlar qurish holatiga kelib qolgan. Natijada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan o‘simlik dunyosiga 1 milliard 97 million 184 ming so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »