Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qora va O‘rta Yer dengizidagi suv toshqini hamda kuchli bo‘ronlar nafaqat Turkiya, balki Gretsiya va Bolgariya uchun ham halokatli oqibatlarga olib keldi. Ayrim dam olish maskanlarini suv bosdi, toshqin xavfi tufayli sayyohlar yuqori qavatlarga chiqishga chaqirildi. Gretsiyaning Skiatos orolida bo‘ronlar va kuchli yomg‘irlar tufayli sayyohlar samolyotlarning qo‘nishi fonida suratga tushishni yaxshi ko‘radigan mashhur aeroport yopildi, Bolgariyada esa bir necha yuzlab sayyohlar evakuatsiya qilindi.

Foto: Videodan kadr

Gretsiya meteorologiya xizmati 5-sentabr kuni kechqurun Pelion hududidagi qishloqda 75,4 santimetr yomg‘ir yog‘ganini, bu kamida 2006-yildan beri qayd etilgan eng yuqori daraja ekanini ma’lum qildi.

Gretsiya matbuoti xabariga ko‘ra, politsiya Volos shahrida, yaqin atrofdagi Pelion tog‘li mintaqasida, shuningdek, Skiatos kurort orolida transport harakatini taqiqlagan. Ushbu hududlarda rekord darajadagi yomg‘irlar kamida bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: u ustiga qulagan himoya devori ostida vafot etdi. Yana besh kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida: ularni suv oqimlari olib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘chalarni sel bosib, mashinalarni yuvib ketgan. Bundan tashqari, toshlar yumalab tushishi oqibatida yo‘llar to‘sib qo‘yilgan, ko‘plab hududlarda elektr energiyasi uzilib qolgan.

Skiatos kurort orolida suv toshqini tufayli “samolyotlar aeroportga yaqinlasha olmayapti”.

Bolgariyadagi sayyohlar ham qiyinchilikka duch kelmoqda: mamlakatda yog‘ingarchilikning asosiy qismi Sarevo kurortiga yog‘di.

Sohil bo‘ylab dam olayotgan yuzlab sayyohlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi, qolgan kurort ma’murlari pastki qavatdagilardan yuqoriga chiqishni talab qildi.

Qurbonlar ham bor: bosh vazir Nikolay Denkov aytishicha, ikki kishi halok bo‘lgan, uch kishi bedarak yo‘qolgan. Ular orasida sayyohlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan. Mahalliy matbuotning qo‘shimcha qilishicha, suv toshqinlarining halokatli oqibatlariga nafaqat iqlim o‘zgarishi, balki talabga javob bermaydigan infratuzilma ham sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »