Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolarini hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan xalqaro miqyosda Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasi hal etildi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi

Qayd etilishicha, Xalqaro jinoiy politsiya Interpol tomonidan O‘zbekiston Bosh konsulligi vakillarining bevosita ko‘magida Toshkent va Abu-Dabi shaharlari milliy markaziy byurolari o‘rtasida tadbirlar o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarda avval ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan jinoyatchilarni topshirish ishlari amalga oshirilgan.

“Shu tariqa, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida BAA hududida aniqlangan jinoyatchilarning iziga tushishga muvaffaq bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.

BAA vakolatli organlarining ijobiy qarori natijasida qidiruvdagilar adolat taraqqiy topishi uchun Toshkentga yetkazilishi maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.

Ekstraditsiya holatlari

2023-yilning mart o‘rtalarida Latviyada o‘zini elchixona xodimi sifatida tanishtirib, odamlarni chuv tushirib yurgan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mart oxirlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.

Aprel boshida Moskva shahrida 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Oy o‘rtalarida bo‘lsa, Qirg‘izistonda terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, ikki o‘zbekistonlik hibsga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »