Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida “Ushqo‘ng‘ir suv xo‘jaligi kolleji” davlat mulkiga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Beshinchi hudud” nashri. Kollejga mamlakat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning singlisi Anipa Nazarboyeva egalik qilardi.

Foto: “Beshinchi hudud”

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yil sentabrda Olmaota viloyati moliya boshqarmasi Anipa Abishevna Nazarbayevaga qarashli “Anipa” yakka tadbirkorlik korxonasi ustidan sudga shikoyat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yilda kollej Olmaota viloyati moliya boshqarmasi tomonidan “Anipa” korxonasiga sotib olish huquqi bilan ishonchli boshqaruvga topshirilgan.

Sud da’vogarning shikoyatini qanoatlantirdi va 2016-yilgi shartnomani bekor qilishga qaror qildi.

Bundan tashqari, sud Anipa Nazarboyevadan 3 450 tenge (75 dollar) miqdorida davlat boji undirish haqida qaror chiqardi.

Avval Nazarboyevning sobiq kelini 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U birdaniga bir nechta moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan.

  • Eslatib o‘tamiz, avgust boshida The Times nashri Britaniyada Nazarboyevning qizi va kuyoviga tegishli 50 million dollarlik ko‘chmas mulklar haqida xabar berdi
  • Ofshor kompaniyalar orqali Qozog‘iston sobiq rahbarining oilasiga tegishli bo‘lgan Londondagi ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar Britaniya hukumati tomonidan yuritiladigan xorijiy kompaniyalarning benefitsiar egalari davlat reyestri tufayli ommaga oshkor bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »