Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronda 13 nafar siyosiy mahbus Qezalhesar qamoqxonasiga majburan ko‘chirilganidan keyin sharoitning yomonligiga norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda Iran International xabar berdi.

Foto: RIBnews

Mahbuslarning qarindoshlaridan biri ular qatl qilinishidan oldin mahbuslar uchun karantin bo‘limidagi 12 metrli xonada ekanini aytdi. Qamoqxonada uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi qamoqxona mahbuslari uchun, uchinchi esa yaqinda boshqa qamoqxonadan ko‘chirilganlarga mo‘ljallangan. 

Uchinchi bo‘lim 1000 mahbusni sig‘dirsa-da, ayni paytda bu qismda 1700 ga yaqin mahbus og‘ir sharoitlarda saqlanmoqda. Ushbu bo‘limda faqat bitta 12 metrli havo o‘tkazgich bor, uning tomi panjara bilan qoplangan.

Eron rasmiylari ochlik e’lon qilgan mahbuslar qamoqxonaning xavfsiz palatasida saqlanishini ma’lum qilgan. Biroq Qezalhesar qamoqxonasining xavfsiz bo‘limida ichimlik suvi va cho‘milish uchun issiq suv yo‘q. Surgundagi mahbuslar esa telefon, ko‘rpa-to‘shak, tibbiy-sanitariya vositalaridan mahrum.

“Mahbuslarni qamoqxonadan ko‘chirish aldash va turli bahonalar bilan zo‘ravonlik, tahdid, mahkumlarning qo‘llariga kishan solish orqali amalga oshirilgan. Bo‘limda minimal xavfsizlik yo‘qligi sababli surgun qilingan mahbuslar o‘z xavfsizligini ta’minlashi kerak”, — deyiladi xabarda.

Surgundagi mahkumlarning asosiy talabi eski qamoqxonaga qaytish va ularga nisbatan qo‘yilgan xavfsizlik ishining zudlik bilan tugatilishi ekaniga e’tibor qaratib, bu talablar bajarilgunga qadar ochlik aksiyalarini davom ettirishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »