Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-sentabrga o‘tar kechasi Rostov viloyatida havo hujumidan mudofaa kuchlari ikkita Ukraina dronini urib tushirdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Foto: Telegram

Viloyat gubernatori Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, dronlardan biri Rostov-Donning g‘arbiy qismida, ikkinchisi esa shahar markazida Pushkinskaya ko‘chasidagi 42-uy yaqinida qulagan.

Oqibatda uchta binoning fasadi shikastlangan, oynalari singan. Yaqin atrofda turgan bir qancha mashinalar ham zarar ko‘rgan. Bir kishi oyog‘i tirnalgan jarohatlar bilan tibbiy yordam so‘ragan, ammo kasalxonaga yotishdan bosh tortgan.

Foto: Telegram

Telegram kanallarida Rostov markazida dron portlashi lahzasi aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, portlash Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasi binosi yaqinida sodir bo‘lgan.

Moskva viloyatining Ramenskiy shahar okrugida yana bir dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron parchalari qulagan joyda hech qanday vayronagarchilik va jabrlanganlar yo‘q.

Mash nashrining yozishicha, dron Jukovskiy xalqaro aeroporti yaqinida qulagan. Portlash oqibatida atrofdagi uylarning oynalari singan.

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, bir kecha-kunduzda mintaqada Ukrainaning uchta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlardan birining vayronalari Bryansk  temiryo‘l vokzali binosining oynalari, vokzal maydoni va bir nechta vagonlarga zarar yetkazgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 7-sentabr kuni soat 6:30 va 7:00 da Bryansk viloyati ustida ikkita dron urib tushirilganini xabar qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »